Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Ilm va ayol: barqaror jamiyat sari” mavzusidagi haftalik boshlandi
10:26 / 2026-02-11

Haftalik Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2015 yil 22 dekabrdagi qarorida belgilangan 11 fevral — Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni munosabati bilan tashkil etilmoqda.

Tadbirlar haftaligi doirasida O‘zbeksiton Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi kabi tashkilotlar hamkorligida respublika va hududlarda ilmiy-amaliy anjumanlar, davra suhbatlari, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, uchrashuvlar hamda xotin-qizlarning ilmiy faolligini rag‘batlantirishga qaratilgan qator tashabbuslar amalga oshiriladi.

Aytish kerakki, bugungi kunda yurtimiz ayol-qizlari ilm-fanning  turli sohalarida samarali izlanishlar olib bormoqda.  

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2026 yil yanvar holatiga Fanlar akademiyasi tizimida jami 5 ming 243 nafar xodim (2 ming 93 nafar ayol), jumladan, 2 ming 834 nafar ilmiy xodim (997 nafar ayol), 74 nafar akademik (5 nafar ayol), 494 nafar fan doktori (117 nafar ayol), 845 nafar fan nomzodi va falsafa doktori (272 nafar ayol) faoliyat olib bormoqda.  

Tizimda mavjud 35 ta tashkilotdan 5 tasida ayol direktorlar rahbarlik qilmoqda. Fanlar akademiyasi rahbariyatida 2024 yilning 4 aprelidan kimyo-biologiya yo‘nalishi bo‘yicha vitse-prezident Shahlo Turdiqulova o‘z faoliyatini boshladi.  

Fanlar akademiyasi tasarrufidagi 31 ta ilmiy tashkilot doktoranturalarida jami 682 (382 nafar  ayol) nafar tayanch doktorant, 68 (27 ta ayol) nafar doktorantlar tahsil olmoqda. 

“Ilm va ayol: barqaror jamiyat sari” haftaligini yuqori saviyada tashkil  etish va o‘tkazish maqsadida Respublika tashkiliy qo‘mitasi tuzilgan bo‘lib, tegishli vazirlik va idoralar tomonidan belgilangan reja asosida tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Mazkur haftalik ayollar va qizlarni ilm-fanga keng jalb etish, ularning intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda barqaror jamiyat taraqqiyotida ayollar o‘rnini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

N.Usmonova, O‘zA