Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ilm-maʼrifatsiz kelajak yoʻq
17:46 / 2020-01-25

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev parlamentga yoʻllagan Murojaatnomasida 2020-yilni mamlakatimizda Ilm-maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili, deb eʼlon qilishni taklif qildi.


Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev parlamentga yoʻllagan Murojaatnomasida 2020-yilni mamlakatimizda Ilm-maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili, deb eʼlon qilishni taklif qildi. Bu taklifni barcha yurtdoshlarimiz qoʻllab-quvvatladi.

Ushbu yoʻnalishdagi vazifalarni amalga oshirish shiddat bilan rivojlanib borayotgan zamonda muhim ahamiyat kasb etadi. XXI asrda har qanday taraqqiyotni belgilab beruvchi asosiy omil inson kapitali hisoblanib, unga kiritilgan investitsiya kelajakda, albatta, oʻz mevasini beradi.

Murojaatnomada soʻnggi 3 yilda bogʻcha yoshidagi bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish darajasi 52 foizga yetgani eʼtirof etilib, joriy yilda bu koʻrsatkichni 60 foizgacha oshirish vazifasi belgilab berildi. Ushbu maqsadlarga byudjetdan qariyb 2 trillion soʻm mablagʻ ajratiladi.

2020-yilda byudjetdan ajratiladigan 1,7 trillion soʻm mablagʻ hisobidan 36 yangi maktab qurilib, 216 tasi kapital taʼmirlanadi. Shuningdek, 55 xususiy maktab tashkil etilib, ular soni 141 taga yetkaziladi.

Murojaatnomada 2019-yili 146,5 ming yosh talabalikka qabul qilinib, oliy taʼlim bilan qamrovi koʻrsatkichi qariyb 20 foizni tashkil qilgani taʼkidlandi. Joriy yilda ushbu koʻrsatkichni 25 foizga yetkazish, pedagogik yoʻnalishlarida 3 yillik taʼlimni yoʻlga qoʻyish, mutaxassislikka bevosita aloqasi boʻlmagan darsliklar sonini qisqartirish koʻzda tutilmoqda.

Bu, birinchidan, talabalarni boʻlajak kasbga qiziqtirish, taʼlim olishda ularning motivatsiyasini yuksaltirish imkonini beradi. Ikkinchidan, iqtisodiyot tarmoqlarida ehtiyoj baland boʻlgan mutaxassislarni tayyorlash, ular raqobatbardoshligini oshirishga zamin yaratadi. Uchinchidan, ushbu chora-tadbirlar oliy taʼlimda akademik erkinlikni joriy qilish orqali sogʻlom muhitni shakllantirish, shuningdek, jamiyatda ilm-fanga boʻlgan qiziqishni yanada kuchaytirib, mamlakatimiz ilmiy salohiyatini yuksaltirishga asos boʻladi.

Murojaatnomada shu va boshqa sohalar chuqur tahlil qilinib, ustuvor vazifalar belgilab berildi va ular keng jamoatchilikda katta qiziqish uygʻotmoqda. Oʻylaymizki, ushbu vazifalar ijrosi yurtimizda inson kapitalini rivojlantirish, mamlakat raqobatbardoshligini oshirishga mustahkam zamin boʻlib xizmat qiladi.

Adhambek RASHIDBEKOV,

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti bosh ilmiy xodimi.