Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ilm hayotga tatbiq etilsagina qiymati bo‘ladi
12:34 / 2025-10-20

Ilmiy g‘oyalar amaliy hayotga tatbiq etilmas ekan, ularning qiymati to‘liq namoyon bo‘lmaydi. Shu ma’noda, olimlar va ishbilarmonlar o‘rtasidagi muloqot nafaqat iqtisodiy, balki intellektual rivojlanishning ham muhim jihati hisoblanadi.

Toshkent shahrida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tashabbusi bilan olimlar va tadbirkorlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Fanlar akademiyasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi, tadbirkorlik va ishlab chiqarish sohasi vakillari ishtirok etdilar.

Uchrashuv ilm-fan yutuqlarini ishlab chiqarish va tadbirkorlik faoliyatiga joriy etish, ilmiy g‘oyalarning amaliy qiymatini oshirish hamda biznes bilan hamkorlikni kuchaytirishga qaratildi.

Muloqot farmatsevtika, elektrotexnika, qurilish, avtomobilsozlik, transport va logistika yo‘nalishlarini qamrab oldi. Tadbir davomida innovatsion g‘oyalar, ilmiy ishlanmalarni tijoriylashtirish, investitsiya jalb qilish hamda ularni amaliyotga joriy etish mexanizmlari muhokama qilindi.

Mazkur uchrashuv ilm-fan va tadbirkorlik o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarib, mahalliy innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash hamda milliy ishlab chiqarish salohiyatini yuksaltirishga xizmat qildi.

Nigora Rahmonova, O‘zA