Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ilm-fanda ayollar ovozi (+video)
07:28 / 2026-02-14

Innovatsion rivojlanish agentligida “Ilm-fanda ayollar ovozi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Ushbu tadbirda olimalar, yosh tadqiqotchilar, startap asoschilari, talaba-qizlar, shuningdek, qator vazirlik va idoralar axborot xizmatlari rahbarlari ishtirok etdi.

Erkin muloqot shaklida o‘tgan uchrashuvda xotin-qizlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, mavjud grant va dasturlardan samarali foydalanish kabimasalalar muhokama qilindi. Shuningdek, olimalar tomonidan yaratilayotgan ishlanmalar va ixtirolarni keng targ‘ib qilish, ularning amaliyotga joriy etilishini qo‘llab-quvvatlash zarurligi ta’kidlandi.

Tadbir ishtirokchilari ilm-fan sohasida ayollar o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash, tajriba almashish platformalarini kengaytirish, ilmiy faoliyatga to‘sqinlik qilayotgan ijtimoiy omillarni tahlil qilish va ularni bartaraf etish yuzasidan o‘z takliflarini bildirdi. Shu bilan birga, o‘zbek olimalari tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalarning xalqaro miqyosdagi nufuzini oshirish zarurligi qayd etildi.

–Mazkur tadbir 11-fevral – Ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar xalqaro kuni munosabati bilan tashkil etildi. Unda ishtirokchilar tomonidan Innovatsion rivojlanish agentligi huzurida “Olima” klubini tashkil etish tashabbusi ilgari surildi. Mazkur klub ilm-fan va innovatsiya sohasida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, olimalar va yosh tadqiqotchilar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, mentorlik tizimini yo‘lga qo‘yish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish hamda innovatsion g‘oya va tashabbuslarni rivojlantirish uchun zarur sharoitlar yaratishga imkon beradi. Mutaxassislarning fikricha, “Olima” klubi nafaqat ilm-fan sohasida faol ayollarni birlashtiradi, balki jamiyatda ayollarning ilmiy salohiyatini keng namoyon etish uchun muhim maydonga aylanishi mumkin, – dedi mazkur agentlik axborot xizmati rahbari Muqaddas Fayozova.

<iframe width="640" height="480" src="https://www.youtube.com/embed/64IJx_CSPmo?si=CBynMpXWBpLy41zm" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Nasiba Ziyodullayeva, 

Anvarxo‘ja Ahmedov (video), 

O‘zA