Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ilm-fan yutuqlari va xalqaro andozalar
19:45 / 2015-01-29

Toshkentda ilmiy-tadqiqot ishlarini xalqaro andozalar darajasida tashkil etish va natijalarini rasmiylashtirishning zamonaviy uslublariga bag‘ishlangan seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Toshkentda ilmiy-tadqiqot ishlarini xalqaro andozalar darajasida tashkil etish va natijalarini rasmiylashtirishning zamonaviy uslublariga bag‘ishlangan seminar-trening bo‘lib o‘tdi. 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlarning malakasini oshirish «Iste’dod» jamg‘armasi, Britaniya kengashining mamlakatimizdagi vakolatxonasi hamkorligida tashkil etilgan seminarda tegishli tashkilot va muassasalar vakillari, ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy o‘quv yurtlari olimlari, tadqiqotchilar, xorijlik ekspertlar ishtirok etdi. 

Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari O.Parpiyev va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida ilm-fanni rivojlantirish, ta’lim, fan va amaliyot integratsiyasini ta’minlash, iste’dodli yoshlarni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga keng jalb etishga qaratilayotgan doimiy e’tibor jamiyat taraqqiyotini yuksaltirishning muhim omili bo‘layotganini ta’kidladi. 

Davlatimiz rahbarining 2012-yil 24-iyuldagi «Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi farmoni asosida bu yo‘nalishdagi ishlar ko‘lami kengaymoqda. 

Mamlakatimizda ta’lim tizimining barcha turlari, jumladan, oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish bo‘yicha aniq maqsadli ishlar amalga oshirilayotir. Bu yo‘nalishda zamonaviy andozalarni amaliyotga keng tatbiq etish maqsadida 2013-yildan boshlab xalqaro talablar va standartlarga muvofiq dissertatsiya himoya qilish va fan doktori ilmiy darajasini berish bo‘yicha oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limning bir bosqichli tizimi joriy etildi.

Hozirgi kunda mamlakatimizdagi ilmiy-tadqiqot muassasalari va oliy o‘quv yurtlarida ikki ming ikki yuz nafardan ortiq katta ilmiy xodim- izlanuvchi va mustaqil izlanuvchilar faoliyat yuritmoqda. Yosh tadqiqotchilarning jahon andozalari darajasida ta’lim olishi, o‘z iqtidorini to‘la namoyon etishi, ilmiy izlanishlarini xalqaro talablar asosida amalga oshirishi uchun barcha sharoit yaratilgan. 

Yosh olimlar amalga oshirayotgan ilmiy tadqiqotlar davlat ilmiy-texnika dasturlarida belgilangan ustuvor vazifalar yechimiga yo‘naltirilmoqda. Xususan, muqobil energetika, biotexnologiya, qishloq xo‘jaligi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, farmatsevtika kabi iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlariga oid ilmiy izlanishlar natijasida yangi-yangi ixtirolar amaliyotga tatbiq etilmoqda. 

Mamlakatimiz ilm-fani erishayotgan bunday natijalarni jahon miqyosida keng namoyish etish, xalqaro aloqalarni yanada kengaytirish, yosh olimlarga ilmiy-tadqiqot ishlarini samarali tashkil etish va natijalarini rasmiylashtirishda yaqindan ko‘maklashish ustuvor vazifadir. 

Seminar-treningda mamlakatimiz olimlari va yosh tadqiqotchilar Yevropa komissiyasi ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar bosh boshqarmasi hamda "Researcher Connect" global dasturi mutaxassislari bilan ilmiy ishlarni amalga oshirish, uning natijalarini rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talablar, ilmiy maqolalar ekspertizasini o‘tkazish, ularni nashr etishga zamonaviy yondashuvlar kabi masalalar yuzasidan fikr almashdi.