Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ilm-fan va raqobatning yuksak e’tirofi
18:52 / 2025-12-20

Bugungi kunda mamlakatda ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish, ilmiy tadqiqotlarni amaliyot bilan uyg‘un holda tashkil etish hamda ilmiy salohiyatni qo‘llab-quvvatlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi.

Ayniqsa, iqtisodiy taraqqiyot, adolatli raqobat muhitini shakllantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohalarida ilmiy asoslangan yondashuvlar muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Shu ma’noda, mamlakatimiz ilmiy hamjamiyati uchun nufuzli tadbirga aylangan “SCIENCE AND INNOVATION AWARDS – 2025” doirasida erishilgan navbatdagi yutuq alohida e’tiborga loyiq. Ushbu tanlovda “Yilning eng yaxshi ilmiy tadqiqot markazi” nominatsiyasi bo‘yicha Raqobat qo‘mitasi huzuridagi Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlari markazi munosib deb topildi.

Mazkur yutuq markaz tomonidan olib borilayotgan kompleks ilmiy tadqiqotlar, bozor va raqobat muhitini tizimli tahlil qilish, xalqaro ilmiy tajriba asosida zamonaviy metodologiyalarni joriy etish, shuningdek, ilmiy hamkorlikni kengaytirish va mutaxassislar malakasini oshirishga qaratilgan dasturlarning amaliy natijasi sifatida e’tirof etildi.

Ayniqsa, markaz faoliyati raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida ilmiy asoslangan qarorlar qabul qilinishiga xizmat qilib, milliy hamda xalqaro ilmiy-ma’rifiy maydonda uning nufuzini izchil ravishda oshirib bormoqda.

[gallery-26831]

Qayd etish joizki, ushbu nufuzli tadbirda oliy ta’lim muassasalari, ilmiy tadqiqot institutlari, tadqiqot markazlari hamda ilmiy nashrlar tomonidan 3000 dan ortiq ariza taqdim etilgan.  

Ana shunday yuqori raqobat sharoitida erishilgan ushbu yutuq markaz jamoasining yuksak ilmiy salohiyati va samarali faoliyatining yorqin dalili hisoblanadi.

Nigora Rahmonova, 

Alimurod Mamadaminov (surat), O‘zA