French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ilm-fan va harbiy ta’lim uyg‘unligi
13:39 / 2026-02-21

Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida “Harbiy ta’lim tizimida ilm-fan va pedagogik texnologiyalarni rivojlantirish istiqbollari” mavzusida respublika miqyosida harbiy ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.

Tadbirning asosiy maqsadi harbiy ta’lim sohasiga zamonaviy innovatsion texnologiyalarni joriy etish, pedagogik yondashuvlarni takomillashtirish, shuningdek, yetakchi xorijiy davlatlar tajribasini o‘rganish orqali istiqbolli yechimlarni ishlab chiqishdan iborat bo‘ldi.

Konferensiyada 40 dan ortiq vazirlik va idoralar, oliy harbiy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari hamda mustaqil tadqiqotchilar ishtirok etdi.

Muhokamalar jarayonida qo‘shinlarni zamon talablariga mos qurol-aslaha va harbiy texnika bilan ta’minlash, shu bilan birga, jangovar harakatlarga tayyorlashning yangi texnologiyalarini joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, favqulodda holatlarda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan ilmiy ishlanmalarning amaliy ahamiyati muhokama qilindi.

Tadbir davomida soha mutaxassislari o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, amaliy taklif va tavsiyalar bildirdi. 

Konferensiyaning amaliy qismida esa ixtirochilar tomonidan ishlab chiqilgan milliy innovatsion g‘oyalar va sinov mashqlari namoyish etildi.

Bundan tashqari, mudofaa sanoati korxonalari tomonidan mahalliy ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko‘rgazmasi tashkil etilib, ilg‘or ishlanmalarni amaliyotga joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Konferensiya yakunida harbiy ta’lim tizimiga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish, milliy kadrlarni tayyorlash va ushbu yo‘nalishda strategik hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi.

Nigora Rahmonova, O‘zA