English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ilm-fan ravnaqiga katta hissasa qo‘shib kelayotgan ustoz
11:41 / 2023-03-10

Ilm ulashuvchi ustozlar doim e’tibor va e’zozda. Akademik Jaloliddin Azimov ham el ardog‘ida. Uning ilmiy-ijodiy faoliyati alohida o‘rnak maktabi sanaladi.

Jaloliddin Azimov taniqli zoolog va parazitolog olim sanaladi. Uning ilmiy tadqiqotlari keng qamrovli bo‘lib, parazit-xo‘jayin munosabatlarini nazariy tahlil etish hamda biologik xilma-xillikni saqlashning ilmiy asoslarini yaratishga bag‘ishlangani bilan e’tiborga molik. Shu bois olimning bu boradagi tadqiqot natijalari jahon miqyosida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan fundamental kashfiyotlar sirasiga kiradi.

Tadqiqotchi olim qator parazitlarning morfologiya, biologiyasi, ekologiyasini keng qamrovli tadqiq etish asosida mazkur jonivorlarning tasnifi, taksonomiyasi, evolyutsiyasi va filogeniyasi bo‘yicha o‘ziga xos nazariy konsepsiyalar ishlab chiqqan.

Shistosomatidlar sohasidagi tadqiqotlari esa global ahamiyatga ega bo‘lib, hozirda shistosomoz muammosi BMT qoshidagi Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining maxsus dasturiga kiritilgan.

Ustozning serqirra ilmiy faoliyati 1 mingdan ortiq ilmiy maqolalarida o‘z aksini topgan. Shuningdek, 35 dan ziyod monografiya, darslik va o‘quv qo‘llanmalar muallifidir.

Shogirdlari bilan chop etgan “Hayvonlar shistosomozi” nomli kitobi ingliz tiliga o‘girilgan.

Jahon fani yutuqlari darajasida bajarilgan fundamental tadqiqotlari uchun bir qator tanlovlarda g‘olib bo‘lgan. U “Mehnat shuxrati” ordeni bilan taqdirlangan.

Qutlug‘ 85 yoshni qarshi olayotgan Jaloliddin Azimov bugun ham izlanishlar qilishdan charchamaydi.

Bahrom NORQOBILOV,

Veterinariya va chorvachilikni

rivojlantirish qo‘mitasi raisi,

veterinariya fanlari nomzodi.