Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Ilm-fan mo‘’jizasi: Qo‘rg‘oshin oltinga aylandi” (+video)
08:32 / 2025-05-30

Yevropa ilmiy doiralarida tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan kashfiyot yuz berdi: olimlar qo‘rg‘oshin elementini oltinga aylantirishga muvaffaq bo‘lishdi.

Bu haqda ABC News  nashri xabar berdi. Ilgari faqat afsonalar va alkimyogarlar orzusi sifatida qaralgan bu hodisa endilikda zamonaviy fizika va kimyo yutuqlari yordamida haqiqatga aylanishi mumkin.

Tadqiqot Yevropaning yetakchi fiziklari va kimyogarlaridan iborat guruh tomonidan olib borilgan. Olimlar yadroviy reaksiya yordamida qo‘rg‘oshinning atom tuzilmasini o‘zgartirib, uni kimyoviy jihatdan oltin bilan bir xil holatga keltirishga erishgan. Bu juda murakkab va yuqori energiyali jarayon bo‘lib, unda zarrachalarning tezlatkich uskunalari qo‘llangan. Mutaxassislar bu kashfiyotning amaliy emas, ilmiy qiymati yuqori ekanini aytishmoqda. Yadro fizikasi, materialshunoslik va kvant mexanikasi kabi sohalarda bu tajriba yangi izlanishlarga yo‘l ochishi mumkin. Shuningdek, elementlar tuzilmasini boshqarish orqali yangi materiallar yaratish imkoniyati ham paydo bo‘lmoqda.

Yevropalik olimlar tomonidan qo‘rg‘oshinni oltinga aylantirish bo‘yicha erishilgan yutuq insoniyat tarixidagi eng qadimiy ilmiy orzulardan birining ro‘yobga chiqishini anglatadi. Garchi bu jarayon amaliy jihatdan cheklangan bo‘lsa-da, u zamonaviy fan uchun yangi ufqlarni ochmoqda va ilm-fanning imkoniyatlari naqadar cheksiz ekanini yana bir bor isbotlamoqda.

<iframe width="791" height="445" src="https://www.youtube.com/embed/AYRHE5PH00o" title="“Ilm-fan mo`’jizasi: Qo`rg`oshin oltinga aylandi”" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Madinabonu Nasriyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov (video), O‘zA