Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ilk xususiy aviakompaniya aviaparki to‘ldirildi
15:42 / 2022-10-10

"Qanot Sharq" mahalliy aviakompaniyasi tomonidan lizingga sotib olingan ikkita samolyotdan biri Airbus A321neo poytaxt aeroportiga yetib keldi.

O‘zbekistonning birinchi xususiy aviakompaniyasi o‘zining aviaparkini yangi samolyotlar bilan to‘ldirmoqchi ekanligi yoz oylarida ma’lum bo‘lgan edi. O‘shanda Amerikaning Air Lease Corporation lizing kompaniyasi va "Qanot Sharq" o‘rtasida tegishli kelishuv izolangan edi. Ayni paytda mahalliy aviatashuvchining floti o‘zining ixtiyoriga ikki yil oldin qabul qilingan ikkita Airbus A320 seo samolyotidan iborat. 

[gallery-9079]

"Qanot Sharq" aviakompaniyasi bosh direktori Moisey Pakning so‘zlariga ko‘ra, yangi samolyotdan foydalanish uchuvchilarni qayta o‘qitish bilan bog‘liq uzoq jarayonni talab etmaydi. Mutaxassis Airbus A320 seoda parvoz qilgan bo‘lsa, u holda yangi samolyotni boshqarishni tezda o‘zlashtiradi. Bu aynan Airbus A321neoni tanlashda qo‘llanilgan mezonlardan biri bo‘ldi. Bundan tashqari, bu model avvalgisidan tavsiflari jihatidan ancha ustundir. U sig‘imli bo‘lib, undan davomli parvozlarda foydalaniladi. Yangi samolyot Vetnam va Tailandga ilk parvozlarini amalga oshiradi. Ikkinchi Airbus A321neo samolyoti bir oydan so‘ng yetib keladi.   

– Bugun bizga uzoq magistralli Airbus A321neo samolyoti yetib keldi, – deydi "Qanot Sharq" avikompaniyasi bort kuzatuvchilar xizmati boshlig‘i Sevara Tillaqoriyeva. – Uning sig‘imi 240 yo‘lovchi o‘rindig‘iga mo‘ljallangan. Unda besh soatdan sakkiz soatgacha davom etadigan parvozlar amalga oshiriladi. Yo‘lovchilarimizning qulayligini ta’minlash  uchun barcha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirmoqdamiz. Buning uchun biz o‘qidik va yangi samolyotda mashq parvozlarini o‘tkazdik.   

 

 

Roman BONDARCHUK, O‘zA