Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ilk saboqda Prezidentimiz yodga olindi
17:46 / 2016-09-04

Samarqand viloyatidagi umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, oliy o‘quv yurtlarida yangi o‘quv yili O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasini yod etishga bag‘ishlangan “Xotira darslari” bilan boshlandi.

Samarqand viloyatidagi umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, oliy o‘quv yurtlarida yangi o‘quv yili O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasini yod etishga bag‘ishlangan “Xotira darslari” bilan boshlandi.

Samarqand shahridagi 45-umumta’lim maktabining 1800 dan ortiq o‘quvchisiga davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, deputatlar, muassasa o‘qituvchilari Prezidentimiz Islom Karimovning hayoti yo‘li, davlatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi yo‘lida amalga oshirgan buyuk xizmatlari haqida so‘zlab berdi.

Mamlakatimizning mustaqillikka erishishi va milliy davlatchiligimizning tiklanishi, o‘tgan yigirma besh yilda barcha sohalarda qo‘lga kiritilgan olamshumul yutuq va muvaffaqiyatlar, O‘zbekistonning dunyoda o‘z munosib o‘rnini topishi Islom Karimov nomi bilan bog‘liq. Ayniqsa, Yurtboshimizning yosh avlod kamolotiga qaratilgan yuksak e’tibori, otalarcha g‘amxo‘rligi tufayli yoshlarning zamon talablari darajasida bilim olishi, kasb-hunar egallashi, sport bilan shug‘ullanishi uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Bu yurtimiz yoshlarining bugungi va ertangi kunimizning hal qiluvchi kuchi sifatida maydonga chiqishi, jonajon Vatanimiz dovrug‘ini dunyoga taratishga qodir avlod bo‘lib yetishishining muhim omili bo‘ldi.

– Dunyodagi hech bir davlat rahbari ilk bor maktab ostonasiga qadam qo‘yayotgan barcha bolalarga o‘z sovg‘asini bermasa kerak, – deydi maktab direktori Nigora Doniyorova. – Bizda birinchi sinfga qabul qilingan har bir o‘g‘il-qiz Prezidentimiz tuhfa qilgan daftar-kitoblar bilan savod chiqaradi, ilm o‘rganishga kirishadi. Bu yil ham 250 o‘quvchimiz shunday g‘amxo‘rlikdan bahramand bo‘ldi. Bugun ilk saboqda ularga davlatimiz rahbarining ana shunday ezgu ishlari haqida faxr bilan so‘zlamoqchi edik. Afsuski, endi bu gaplarimizni iztirob bilan, xotira sifatida aytayapmiz.

– Prezidentimiz Islom Karimov har bir chiqishlarida yoshlarga murojaat qilib, bizni doim yuqori marralar sari da’vat etar edi, – deydi maktab o‘quvchisi Malika Ziyoyeva. – U kishining so‘zlaridan so‘ng biz, yana ham kuchga to‘lib, yaxshi o‘qishga, ishonchlarini oqlashga harakat qilardik. Bugun xotira darsida ham Yurtboshimizning yoshlarga bo‘lgan e’tibori haqida ko‘p ma’lumotlar oldik. Biz u kishi orzu qilgandek kuchli, bilimli, baxtli insonlar bo‘lib, yurtimiz taraqqiyotiga o‘z hissamizni qo‘shamiz.

“Xotira darslari”da mustaqillik yillarida Prezidentimiz rahnamoligida qo‘lga kiritilgan yutuq va muvaffaqiyatlar haqida hikoya qiluvchi hujjatli film namoyish etildi.