Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Ilk rivojlanish markazlari” faoliyat boshladi
08:22 / 2025-08-24

Buxoroda Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, bolalarning sifatli maktabgacha ta’limdan teng foydalanishini ta’minlash, alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish maqsadida “Ilk rivojlanish markazlari” faoliyati bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yilmoqda.

Viloyatning G‘ijduvon, Vobkent va Jondor tumanlarida farzandlarimiz kelajagi uchun xizmat qiladigan, ularning iqtidori va orzularini ro‘yobga chiqaradigan ana shunday “Ilk rivojlanish markazlari” o‘z faoliyatini boshladi.

G‘ijduvon tumanida faoliyat boshlagan “Ilk rivojlanish markazi”ning ochilish marosimida viloyat hokimi Botir Zaripov so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni mamlakatimiz mustaqilliging 34 yilligi hamda yangi muassasa bilan qutladi. 

Markazlar 3-6 yoshli bolalarni, xususan, kambag‘allik darajasi yuqori va alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan oilalar farzandlarini qamrab olgan holda tashkil etilishi ko‘zda tutilgan. 

G‘ijduvon tumanidagi 66-umumta’lim maktabi binosining bo‘sh turgan bir qismi ssuda orqali berilgan 400 million so‘m mablag‘ hisobiga ta’mirlanib, bolalarning ta’lim-tarbiya olishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi. 

Markazda ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan oila farzandlari va inklyuziv ta’limga ehtiyoji bor bolalar tarbiyalanadi. Markaz 240 nafar o‘g‘il-qizni qamrab olish imkoniga ega bo‘lib, pedagoglar tomonidan aqliy rivojlantirish mashqlari, turli mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.

– Oldimizga kam ta’minlangan, ijtimoiy ko‘makka muhtoj va ehtiyojmand oilalarning maktabgacha ta’limga qamrab olinmagan farzandlari, shuningdek, alohida ta’limga ehtiyoji bor bolalar bilan individual ishlash, ularning shaxsiyatini shakllantirish va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ijtimoiy moslashuvi va boshlang‘ich ta’limga tayyorligini ta’minlash, bu jarayonda bolaga va ota-onalarga har tomonlama yordam berish kabi vazifalar qo‘yilgan. Uyga tashrif buyurish dasturi orqali ham ijtimoiy himoyaga muhtoj, kambag‘al, kam ta’minlangan oilalarning bog‘chaga qamrab olinmagan 3-7 yoshgacha bo‘lgan bolalariga ta’lim-tarbiya berish reja qilingan. Lekin, bolalar orasida bir yoshlilari ham bor. Bunda pedagog xodimimiz haftada bir marta xonadonga borib, belgilangan dastur asosida bola bilan mashg‘ulot o‘tkazadi, – deydi viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Hamza Elliyev.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.