English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ilk kundan uchta jahon rekordi
00:07 / 2021-04-18

17 aprel kuni poytaxtimizdagi “O‘zbekiston” sport majmuasida og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasida Osiyo chempionati start oldi.

Ta’kidlash joiz, ushbu musobaqa “Tokio-2020” Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasi uchun qimmatli reyting ochkolarini taqdim qilishi bilan yanada ahamiyatli.

Biroz avval Osiyo chempionatining ilk g‘olib va sovrindorlari aniqlandi. Ahamiyatlisi, dastlabki vaznning o‘zida 3 ta jahon rekordi qayd etildi, - deb xabar bermoqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

Ushbu voqelik musobaqaning qanchalik shiddatli o‘tayotganidan dalolat beradi. Bu hali boshlanishi. Musobaqa davomida yana ko‘p bor rekordlar qayd etilishi kutilmoqda.

Ayollar o‘rtasida -49 kg vazn toifasida kechgan bahsda kutilganidek, ikki xitoylik sportchi raqobat olib bordi. Dast ko‘tarish mashqida Chjixui Xou 2019 yil o‘zi o‘rnatgan 95 kilogrammli rekordni 1 kilogrammga yangilashga muvaffaq bo‘ldi. Siltab ko‘tarish mashqida hindistonlik Chanu Mirabai 119 kilogrammga teng bo‘lgan yangi jahon rekordini o‘rnatgan bo‘lsa, Chjixui Xou ikki kurash bo‘yicha ham yangi rekord sohibasiga aylandi.

Og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionati

ayollar, -49 kg:

1. Chjixui Xou (Xitoy) – 213 kg (96 kg + 117 kg) – dast ko‘tarish va ikki kurashda jahon rekordi

2. Xuixua Jiang (Xitoy) – 207 kg (89 kg + 118 kg)

3. Chanu Mirabai (Hindiston) – 205 kg (86 kg + 119 kg) – siltab ko‘tarishda jahon rekordi.