French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ilk bor Xalqaro informatika olimpiadasi O‘zbekistonda o‘tkaziladi (+video)
00:13 / 2023-12-21

Bu haqda Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan videoselektorda ma’lum qilindi. Bugungi yig‘ilish axborot texnologiyalari infratuzilmasini yaxshilash, soha va tarmoqlarni raqamlashtirish masalalariga bag‘ishlandi.

2023 yilning o‘zida mamlakatimizda 500 dan ziyod yangi axborot texnologiyalari kompaniyalari tashkil etilib, sohaga 475 million dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya kirib keldi. Yil yakuniga qadar, axborot texnologiyalari xizmatlari hajmi 10 trillion so‘mga yetishi, eksporti esa 300 million dollardan oshishi kutilmoqda.

Raqamli texnologiyalar vazirligi IT parkni xalqaro miqyosga olib chiqish uchun kelgusi yilda Germaniya va Saudiya Arabistonida uning sho‘ba korxonalarini ochishi aytildi. Kelgusi yilda avia, temir yo‘l, avtobus, metroning harakatlanish yo‘nalishlari va grafigi to‘g‘risida yagona tizimda onlayn axborot olish imkoni yaratiladi.

Bugungi kunda mamlakatimizda 50 ga yaqin to‘lov tizimi bor, ularning hammasi ham kiberxavfsizlik talablariga javob bermayotgani tufayli davlatimiz rahbari mutasaddi vazirlik va idoralarga barcha elektron to‘lov tizimlari uchun yagona kiberxavfsizlik talablarini ishlab chiqish va ijrosini qat’iy nazorat qilishni topshirdi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/KiGgcGDOrfU" title="Ilk bor Xalqaro informatika olimpiadasi Oʻzbekistonda oʻtkaziladi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

B.Xudoyberdiyev, A.Alijonov (video), O‘zA