Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ilhom Tua Bin Ilyos: Malayziya barqaror rivojlanish yo‘lida O‘zbekistonni qo‘llab-quvvatlashga tayyor
09:41 / 2023-08-31

Malayziya – O‘zbekistonning Janubi-Sharqiy Osiyodagi muhim hamkori. Mamlakatlarimiz o‘rtasida iqtisodiyot, madaniyat, elektronika va elektrotexnika, axborot texnologiyalari, oziq-ovqat sanoati, turizm, ta’lim va boshqa yo‘nalishlarda hamkorlikni yanada rivojlantirishga alohida ahamiyat qaratilmoqda.

Mamlakatimizga yangi tayinlangan Malayziyaning Favqulodda va muxtor elchisi Ilhom Tua Bin Ilyos Prezident Shavkat Mirziyoyevga ishonch yorliqlarini tantanali topshirish marosimi yakuniga yetgach, ikki tomonlama munosabatlar joriy holati va kelgusida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan maqsad va vazifalar xususida fikrini bayon etdi.

– O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashganimdan juda xursandman. Malayziya tomoni barqaror rivojlanish yo‘lida mamlakatingizni qo‘llab-quvvatlashga tayyor. Ko‘plab malayziyaliklar turistik maqsadlarda o‘lkangizga tashrif buyurishadi. Albatta, ziyorat turizmi yo‘nalishidagi hamkorlikni rivojlantiramiz.

Shuningdek, ta’lim sohasida ham yaqindan hamkorlik qilib kelyapmiz. Qolaversa, ikki davlat o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar o‘rnatilgan. Axborot texnologiyalari yo‘nalishida ham sheriklikni taraqqiy ettirish niyatidamiz. Mazkur jihatga O‘zbekiston Prezidentining Malayziyaga tashrifi chog‘ida alohida e’tibor qaratildi. Fursatdan foydalanib, O‘zbekiston xalqini Mustaqillik bayrami bilan qutlayman.

 

O‘zA muxbiri

Behruz XUDOYBERDIEV

 yozib oldi.