Ilhom Aliyev va Nikol Pashinyan Abu-Dabida uchrashdi
Bugun Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida uchrashib, “Tinchlik bitimi”ni yakunlash bo‘yicha keyingi qadamlarni muhokama qildi, deya xabar bermoqda “AzerTAJ” axborot agentligi.
Bu ikki davlat yetakchilarining qariyb qirq yillik to‘qnashuvlardan so‘ng “Tinchlik bitimi” matni loyihasini kelishib olganidan beri birinchi rasmiy ikki tomonlama uchrashuvdir.

– Davlat rahbarlari chegaralarni delimitatsiya qilish bo‘yicha erishilgan yutuqlarni baholab, tegishli komissiyalarga bu boradagi amaliy ishlarni davom ettirish bo‘yicha topshiriqlar berdi. Shuningdek, tomonlar ikki tomonlama muzokaralar va ishonchni mustahkamlash bo‘yicha chora-tadbirlarni davom ettirishga kelishib oldilar, -deyiladi “Armenpress” nashrida.
Ma’lumot o‘rnida: Pashinyan va Aliyev oxirgi marta joriy yil may oyida Albaniyaning Tirana shahrida Yevropa siyosiy hamjamiyatining sammiti doirasida uchrashgan edi.
O‘.Alimov, O‘zA