Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ilhom Aliyev o‘zbekistonliklarni mukofotladi
14:40 / 2022-08-30

Ozarbayjonning bosh axborot agentligi – “AzerTAJ” yozishicha, bugun mamlakat Prezidenti Ilhom Aliyev bir qator hamyurtlarimizni "Dostlug" ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risidagi hujjatga imzo chekkan. O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi madaniy rishtalarni mustahkamlashga munosib hissa qo‘shgani munosabati bilan taqdirlanganlar orasida mamlakatimizning ko‘zga ko‘ringan madaniyat namoyandalari Hoshimjon Ismoilov (O‘zbekiston xalq artisti, mashhur sozanda Abduhoshim Ismoilov), Nasirli Ali Geydar oglu (Toshkentdagi Ozarbayjon madaniy markazi faoli, sirdaryolik ozar shoir Ali Nosirli) hamda O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Kamoliddin O‘rinboyev qayd etilgan.

Shuningdek, “Trend” O‘zbekiston xalq artisti, ozar tilida o‘nlab qo‘shiqlarni mahorat bilan ijro etib, barcha turkiy tilli xalqlar san’at shinavandalari orasida samimiy hurmat, e’tibor qozongan Nasiba Abdullayeva Ozarbayjon xalq artisti yuksak unvoniga loyiq ko‘rilgani haqida xabar berdi.
 

G‘.Xonnazarov,
O‘zA