Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ilhom Aliyev nomzodi Ozarbayjon Prezidentligiga qo‘yildi
21:07 / 2023-12-12

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev davlat rahbarligi uchun navbatdan tashqari o‘tadigan saylovga “Yangi Ozarbayjon” partiyasidan nomzod sifatida ko‘rsatildi. Bu xabarni partiya raisi o‘rinbosari – markaziy apparat rahbari Tohir Budagov tasdiqlagan.

“Trend” axborot agentligi yozishicha, mamlakatda muddatidan oldin Prezidentlik saylovi o‘tkazilishi e’lon qilingan. Ilhom Aliyevning tegishli farmoni bilan saylov 2024 yil 7 fevralga belgilangan.

B.Xudoyberdiyev, O‘zA