Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ilg‘or texnologiyalarga asoslangan oziq-ovqat zavodi ish boshladi
15:43 / 2025-11-03

Andijon tumanida “TAVEGDAS” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan “Green Apple” brendi ostida meva quritish, jem va sok konsentratlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zamonaviy zavod foydalanishga topshirildi.

Tantanali tadbirda Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ishtirok etib, yig‘ilganlarni yangi ishlab chiqarish korxonasining ishga tushirilishi bilan muborakbod etdi.

Loyiha qiymati 7 million AQSH dollarini ташкил etadi. Korxona faoliyati natijasida 150 nafar аҳоли doimiy ish ўрни bilan ta’minlandi.

Zavod ishga tushirilishi mahalliy xomashyolardan samarali foydalanish, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish, shuningdek, viloyat iqtisodiyotini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

[gallery-26052]

Ishlab chiqarish jarayoni to‘liq avtomatlashtirilgan bo‘lib, zamonaviy xalqaro standartlarga javob beradigan texnologiyalar asosida yo‘lga qo‘yilgan. Korxonada tayyorlanadigan mahsulotlar ichki bozor bilan bir qatorda, xorijiy mamlakatlarga ham eksport qilinishi rejalashtirilgan.

Faxriddin Ubaydullayev,

Zuhriddin Umrzoqov (foto), UzA