Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ilg‘or terimchilar sharaflandi
14:26 / 2022-10-15

Mamlakatimizda paxta-yig‘im terimi avj pallada davom etmoqda. Ob-havoning yaxshi kelishi fermerlar uchun ham, terimchilar uchun ham qulay imkoniyat yaratmoqda. Milliy boyligimiz hisoblangan paxta hosilini tez fursatlarda nes-nobut qilmay yig‘ishtirib olish uchun barcha birdek harakat qilmoqda.

Xususan, “Mahalla” xayriya jamoat fondi Qashqadaryo viloyati bo‘limi boshqaruvi raisi Nurali Mahmatov tashabbusi bilan viloyatning Mirishkor tumanidagi olis hududlarda joylashgan paxta dalalarida hosilni yig‘ib – terib olishda faol ishtirok etayotgan terimchilar, ko‘ngilli hasharchilarga Fond hisobidan sovg‘alar berildi. Ular bilan dildan suhbatlashildi.  

Ushbu tashabbus doirasida viloyatning boshqa hududlaridagi hasharda qatnashayotgan ilg‘or terimchilar bilan ham uchrashib rag‘batlantirish rejalashtirilgan. Tadbirlar davom etmoqda.  

O‘lmas Barotov, O‘zA.