French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ilg‘or tajribalar - muvaffaqiyat kafolati
10:53 / 2025-12-20

Professional sportchilarni tayyorlashda qo‘shma mashg‘ulotlar, seminarlar qatorida hududlardagi vaziyatni o‘rganish va taklif-xulosalar berish, ilg‘or tajribalarni o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi.

Kuni kecha Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi direktori Abror Mamadaliyev Samarqand viloyati Toyloq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi faoliyati bilan tanishish asnosida o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

Toyloq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi bilan tanishuv, murabbiy va mutaxassislar bilan muloqot jarayonida xalqaro tajribada amalga oshirilgan ishlar, sport, o‘quv, ma’naviyat va xo‘jalik ishlari borasidagi yangiliklar, erishilgan yutuqlar yuzasidan tushuncha berildi.

Uchrashuv jarayonida mahoratli sportchilarni tanlash, yo‘naltirish borasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, ustuvor vazifalar bo‘yicha mutaxassislarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar berildi.

Eslatib o‘tamiz, poytaxtimizda joylashgan Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazidan Olimpiya o‘yinlari va jahon chempionatlarida vatanimiz sport sharafini ulug‘lagan o‘nlab chempionlar, sovrindorlar yetishib chiqqan.

T.Ro‘ziyev, O‘zA