Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ilg‘or pillakorlar rag‘batlantiriladi
13:12 / 2024-05-05

Ipak qurti boqish juda katta mehnat hamda mas’uliyat talab qiladi. Yangiyo‘l tumanidagi xotin-qizlar fermerlar bilan birgalikda ushbu mas’uliyatli ishning uddasidan chiqmoqda.

 Har yili rejadagi pillani ortig‘i bilan topshiradigan pillakorning bu yilgi hosildan ham umidi katta. 

Pilla – bu daromad manbai. Hozirgi kunda bir quti ipak qurti boqqan oila 25-30 kun ichida 2,5 million so‘m daromad va 1-yillik mehnat stajiga ega bo‘ladi. Mazkur yo‘nalishda faoliyat olib borayotgan ishchi guruh tomonidan pillani parvarishlayotgan manzillar har kuni o‘rganib chiqilmoqda. 

Bu ishlarda oilani qo‘llab-quvvatlash maqsadida un va yog‘ berilib, sovrinlar ham e’lon qilinmoqda. Eng ilg‘or pillakorlar 3 ta nominatsiya bo‘yicha taqdirlanadi.

Xususan, birinchi o‘rinni egallagan pillakor uchun Respublika Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tomonidan imtiyozli ravishda bepul sanatoriyaga yo‘llanma beriladi. Ikkinchi o‘rin uchun “Nurafshon silko” MCHJ pillachilik klasteri tomonidan televizor, uchinchi o‘rin sohibiga mikroto‘lqinli pech beriladi. 

Mutaxassislar ma’lumotiga ko‘ra, joriy yil pilla hosili uchun Toshkent viloyatida 2 ming 640 quti, ya’ni 156 tonna pilla xomashyosi yetishtirish belgilangan. Buning uchun joylardagi 243 ta fermer xo‘jaligi va pillachilikka ixtisoslashgan tarmoq korxonalari bilan o‘zaro shartnomalar tuzilgan. Unga ko‘ra, fermer xo‘jaliklari bilan 1 ming 980 quti, kasanachilar o‘rtasida 660 quti uchun shartnoma imzolangan. 

A.Musayev, O‘zA muxbiri