FOTOREPORTAJ
Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga qarashli 3-sonli gidrometallurgiya zavodi tarixan qisqa davrda, aniqroq aytganda 28 yil ichida salohiyatli muhandis-texnik kadrlarga va rivojlangan infratuzilmaga ega, zamonaviy korxonaga aylandi.
2019 yilda zavodda Sorbsiyalash jarayoni chiqindilarini yuqori samarali kuydirish majmuasi ishga tushirildi. Dunyoda yagona sanalgan mazkur majmua mamlakatimiz Prezidenti tomonidan belgilab berilgan Navoiy kon-metallurgiya kombinatini 2026 yilgacha rivojlantirish dasturi doirasida “Ko‘kpatas” va “Dovgiztov” konlarining ishlashi qiyin bo‘lgan rudalaridan oltin ajratib olish texnologiyasini takomillashtirish” loyihasi asosida barpo etildi.
[gallery-13252]
Majmua o‘zining ilg‘or muhandislik-texnik yechimlari, texnologik jihozlanish darajasi bilan turdosh quvvatlardan ajralib turadi.
Ayni paytda 3-sonli gidrometallurgiya zavodi yiliga 8 million tonna rudani qayta ishlab, oltin ishlab chiqarish hajmini 3 barobardan ziyodga oshirgan.
Siroj ASLONOV(surat),O‘zA