Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ilgʻor terimchilarga sovgʻalar berildi
19:27 / 2019-10-28

27-oktyabr – yakshanba kuni Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi aʼzolari, Kengash huzuridagi Sudyalar oliy maktabi hamda Sudlar assotsiatsiyasi xodimlari Toshkent viloyati, Quyi Chirchiq tumani paxtakorlariga yordam berish maqsadida hasharga chiqdi.

Quyi Chirchiq tumani “Doʻstlik” mahalla fuqarolar yigʻini hududiga erta tongda yetib borgan hasharchilar dalalarda qiygʻos ochilgan paxtani terishga tushdi.

Hasharchilar orasida yetakchi terimchilardan biriga aylangan Sudyalar oliy maktabi xodimi Toʻlqin Bobojanov biz bilan suhbatda quyidagilarni gapirib berdi.

– Avvalo, paxtani yetishtirishning oʻzi boʻlmaydi. Buning tagida qanchalik mashaqqatli mehnat yotganini yaxshi bilamiz. Chanoqlardan oqib tushayotgan bu paxtalarni koʻrib, beixtiyor terging keladi. Biz hasharchilarning maqsadimiz, deyarli yil boʻyi mehnat qiladigan paxtakorlarimizga ozgina boʻlsa-da sidqidildan yordam berish. Tushlikkacha men 43 kilo paxta terdim. Mehnat qilish baribir yaxshi. Toʻgʻrisi men paxta dalalarini koʻrib, ozgina mehnat qilib, ruhan dam oldim. Mamlakatimiz paxta xirmoni yuksalishiga biroz boʻlsa-da, oʻz hissamni qoʻshganimdan faxrlanaman.

Hasharchilar kun davomida ikki yarim tonnadan ortiq paxta terdi. Ilgʻor paxta tergan xodimlar sovgʻalar bilan ragʻbatlantirildi.