Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ilg‘or ishbilarmonlar saralandi
17:29 / 2016-03-14

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Tashabbus” ko‘rik-tanlovi iqtisodiyotning turli yo‘nalishlarida yuqori natijalarga erishayotgan tadbirkorlar, hunarmandlar tajribasini keng yoyish, ular o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Tanlovning Toshkent shahar Olmazor tumani bosqichi doirasida ko‘rgazmada namoyish etilgan mahsulotlar orasida xalq amaliy san’ati va badiiy hunarmandchilik buyumlari keng joy egalladi.

«Eng yaxshi tadbirkor» yo‘nalishida «Asian diamond classic» xususiy ishlab chiqarish korxonasi direktori Azizxo‘ja Azimov g‘olib, deb topildi. «Eng yaxshi hunarmand» yo‘nalishida hunarmand Madina Qosimboyeva birinchi o‘rinni egalladi.

– Milliy so‘zana kashtachiligi bilan o‘n sakkiz yildan buyon shug‘ullanaman, – deydi M.Qosimboyeva. – Yurtimizda barcha soha qatorida milliy hunarmandchilik rivoji uchun qulay shart-sharoit yaratilgan. Korxonamizda ikki yuzga yaqin ishchi, jumladan, bir yuz ellikdan ortiq kollej bitiruvchisi mehnat qiladi. Tanlovda ayollar uchun milliy liboslar, sumka, oyoq kiyimlar, uy-ro‘zg‘or buyumlari, turli bichimdagi so‘zanalar bilan ishtirok etdim.

Tanlovda «Eng yosh tadbirkor», «Eng yosh hunarmand», «Eng yaxshi tadbirkor ayol», «Eng yaxshi oilaviy biznes» kabi nominatsiyalar bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlandi.