Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ilgʻor fermerga – “Nexia 3” sovgʻa qilinadi
22:20 / 2019-09-30

Toshkent viloyati paxtakorlari joriy yil 73 ming gektarda gʻoʻza parvarishlab, moʻl-hosil yetishtirdi.


Toshkent viloyati paxtakorlari joriy yil 73 ming gektarda gʻoʻza parvarishlab, moʻl-hosil yetishtirdi.

Ayni paytda viloyat paxta dalalarida 219 ming 600 tonnalik ulkan xirmon koʻtarish yoʻlida bor imkoniyatlar ishga solinmoqda. 753 ta terim otryadiga biriktirilgan 170 ming nafardan ziyod terimchi, 50 dan ortiq paxta terish mashinalari, 6 ta agroklaster majmuasi jamoasi tomonidan paxtani yogʻingarchilik kunlarga qolmasdan nest-nobud qilmay terib olish choralari koʻrilmoqda.

Bu borada terimchilar uchun munosib mehnat sharoiti yaratilgani, terim puli narxi oshirilgani, ayniqsa ilgʻor terimchilarni ragʻbatlantirish yoʻlga qoʻyilgani qoʻl kelmoqda.

Jumladan, kuniga 350 kilogrammdan oshirib paxta terayotgan yangiyoʻllik Farhod Subanov viloyat hokimligining esdalik sovgʻasi bilan taqdirlandi. Viloyat paxtakorlari orasidan F.Subanov kabi ilgʻor terimchilar muntazam ragʻbatlantirib borilmoqda.

Kezi kelganda taʼkidlash oʻrinliki, viloyatda ilgʻor terimchilarni ragʻbatlantirish bilan bir qatorda, paxta rejasini birinchi terimdayoq nest-nobud qilmasdan bajargan fermerlarni ragʻbatlantirish ham yoʻlga qoʻyilgan. Bu borada Oʻrta Chirchiq tumani hokimligi tomonidan 20 gektardan kam boʻlmagan paxtazordagi hosilni yogʻin-sochinli kunlarga qoldirmay terib olgan, paxta topshirish shartnomasini birinchi boʻlib toʻliq bajargan fermerga “Nexia 3” avtomobili hokim sovgʻasi sifatida topshirilishi belgilangan.

Viloyat paxtazorlarida terim mavsumi uyushqoqlikda davom etmoqda.