Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Ilg‘or fermer”, “Mehnatkash dehqon” va “Namunali tomorqachi” ko‘krak nishonlari topshirildi
12:36 / 2019-12-12

Ayni vaqtda yurtimizda faoliyat yuritayotgan 80 mingdan ortiq fermer xo‘jaliklarining 7 foizini xotin-qizlar boshqarmoqda. Joriy yilning o‘tgan davrida fermer, dehqon xo‘jaliklari va buxgalteriya xizmati ko‘rsatuvchi markazlarga 3 mingdan ortiq xotin-qizlar ishga joylashtirilgan.

Ayni vaqtda yurtimizda faoliyat yuritayotgan 80 mingdan ortiq fermer xo‘jaliklarining 7 foizini xotin-qizlar boshqarmoqda. Joriy yilning o‘tgan davrida fermer, dehqon xo‘jaliklari va buxgalteriya xizmati ko‘rsatuvchi markazlarga 3 mingdan ortiq xotin-qizlar ishga joylashtirilgan.

2019 yilning dekabr oyining birinchi yakshanbasi yurtimizda Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni bayrami sifatida nishonlandi. Unda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish, qayta ishlash, yer va suv resurslaridan samarali foydalanish va innovatsion texnologiyalarni joriy qilgan ishlab chiqarish ilg‘orlari O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining “Ilg‘or fermer”, “Mehnatkash dehqon” va “Namunali tomorqachi” ko‘krak nishonlari va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

– Bu yil 353 nafar ilg‘or fermer, dehqon xo‘jaliklari rahbarlari va tomorqa yer egalari ushbu ko‘krak nishonlari bilan taqdirlangan bo‘lsa ularning 37 nafari xotin-qizlar, – deydi O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi vakili Aziza Sayfutdinova. – Toshkent viloyatidan 8 nafar, Namangandan 6 nafar ayol fermer, dehqon xo‘jaliklari rahbarlari va ilg‘or tomorqa yer egalari ko‘krak nishonlar bilan taqdirlangan. Ular orasida Pskent tumanidagi “Qo‘shoqova Mayram” fermer xo‘jaligi rahbari Mayram Qo‘shoqova “Ilg‘or fermer” ko‘krak nishoni sohibi bo‘ldi. Mayram opa 90 gektar yerda paxta va g‘alladan mo‘l hosil yetishtirib kelmoqda. Keyingi uch yilda fermer xo‘jaligi 150 million so‘m sof foyda olishga erishgan.

Qibray tumanidagi “Baytqo‘rg‘on-Jambilova Azoda bog‘i” fermer xo‘jaligi rahbari, Ozoda Djambilovaning ham o‘ziga xos yutuqlari bor. 2006 yildan buyon fermer xo‘jaligini boshqarayotgan Ozoda opa 2,5 gektarda mevali bog‘ yaratib, dasturxonlarimiz to‘kinligiga hissa qo‘shmoqda.

“Namunali tomorqachi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganlar orasida Parkent tumanida yashovchi Shohida Abdukarimova erishgan yutuqlarni alohida ta’kidlash lozim. 0,08 gektarda zamonaviy issiqxona qurib limon va gul ko‘chatlari yetishtirishda yetarlicha katta tajriba to‘plagan bu ayol yoshlar uchun yangi ish o‘rinlari yaratdi. Yilni 100 million sof foyda bilan yakunlagan ko‘pchilik uchun ibrat bo‘lsa, ne ajab.

Qisqasi, oila yumushlaridan ortib jamiyat ravnaqi yo‘lida astoydil mehnat qilayotgan yurtimiz ayollarining mehnati munosib taqdirlanmoqda.

G‘oliblarni taqdirlash marosimi Toshkent davlat agrar universitetida bo‘lib o‘tdi.