Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ildizlari mustahkam do‘stlik daraxti: O‘zbekiston va Tojikiston asrlar davomida birga
18:24 / 2024-04-15

Tojikiston va xorijdagi mashhur «Avesta» axborot agentligi O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonovning O‘zbekiston va Tojikiston munosabatlari tarixi va hozirgi holatiga bag‘ishlangan maqolasini e’lon qildi, deb xabar beradi «Dunyo» axborot agentligi muxbiri.

“O‘zbekiston barcha qo‘shni mamlakatlar bilan yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini o‘rnatgan, – deydi vazir. – Xususan, “ikki tilda so‘zlashadigan bir millat”, “bir daryoning ikki irmog‘i” deb ta’riflanadigan o‘zbek va tojik xalqlarini umumiy tarix, madaniyat va ma’naviy qadriyatlar, o‘zaro hurmatning ko‘p asrlik an’analari birlashtirib turadi. Bu yaqinlik O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida barcha sohalardagi munosabatlarning muhim asosidir”.

Ikki mamlakat o‘rtasidagi muloqotning xususiyati ko‘p jihatdan Prezidentlar o‘rtasidagi o‘zaro ishonchga bog‘liq, deyiladi maqolada. 

– Bu jihat mamlakatlar yetakchilarining bir-biriga “aziz birodarim” deb murojaat qiladigan norasmiy munosabatlarida ham o‘z aksini topadi, – deb qayd etadi vazir. – Yuksak darajadagi ochiq, samimiy muloqotlar hukumatlararo va idoralararo hamkorlikni mustahkamlash uchun ishonchli zamin yaratdi. 

2018-yilning 1-mart sanasidan boshlab ikki mamlakat fuqarolari hayotida haqiqatan ham unutilmas baxtli kunlar boshlandi.

– O‘zbekiston va Tojikiston rahbarlari o‘rtasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishning yaqqol misoli sifatida O‘zbekiston va Tojikiston davlat chegaralari orqali o‘tadigan 9 ta o‘tkazish punktlarining tantanali ochilishi bo‘lib o‘tdi, – deyiladi maqolada. – So‘nggi yillarda ikki davlat chegarasida 17 ta yuk ortish punktlari ochildi, qo‘shni tumanlar aholisi esa shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali tadbirlarda ishtirok etib, o‘z minnatdorligini izhor qildi. 

Qardosh xalqlar sabrsizlik bilan kutgan bu voqea fuqarolarning harakatlanishini osonlashtirdi. Bu esa o‘z navbatida ikki mamlakat xalqlari o‘rtasidagi qardoshlik rishtalarini saqlash va mustahkamlashga xizmat qiladi. Bugun har ikki mamlakat rahbarlari ko‘p tomonlama sheriklikni izchil rivojlantirish va mustahkamlash hamda yelkama-yelka turib, yangi marralarni zabt etishga bo‘lgan intilishlarini namoyon etmoqda”.

O‘zA