Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ikkita ta’lim muassasasida “Askiya va qiziqchilik san’ati” yo‘nalishi ochiladi
20:15 / 2023-07-12

Yangi qaror

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 11 iyulda imzolangan “Respublikada milliy askiya va qiziqchilik san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida bu haqda alohida ta’kidlangan.

Qarorga ko‘ra, milliy askiya va qiziqchilik san’atini rivojlantirishga doir aniq vazifalar belgilab berilgan.

Xususan, hujjatning sakkizinchi bandida 2024/2025 o‘quv yilidan Karim Zaripov nomidagi Respublika estrada va sirk kolleji hamda Farg‘ona ixtisoslashtirilgan san’at maktabida “Askiya va qiziqchilik san’ati” yo‘nalishi ochilishi belgilab qo‘yilgan.

O‘zA