Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ikkita hudud uchun bitta saylov uchastkasi tuzilishi mumkinmi? (+video)
18:45 / 2024-10-25

Saylovga bir kun muddat qoldi. Ushbu muhim siyosiy jarayon har bir fuqaroning o‘z siyosiy huquqlarini amalga oshirishi orqali jamiyat ravnaqiga hissa qo‘shishlariga xizmat qiladi.

Saylovchilardan kelgan saylov jarayonlariga oid navbatdagi savollarni e’tiboringizga havola etamiz. Ularga Markaziy saylov komissiyasi a’zosi Muxtabar Husanova javob berdi.

— Saylov uchastkasi bizning yashash joyimizdan biroz uzoqroqda joylashgan. Aniqrog‘i, 2 ta qishloq saylovchilari uchun bitta saylov uchastkasi bor. O‘zi saylov uchastkalarini tuzish tartibi qanday?

— Saylov uchastkalarini tuzish tartibi saylovchilarning sonidan kelib chiqiladi. Ya’ni, kamida 20 nafar, ko‘pi bilan 3 ming nafagacha saylovchi bo‘lgan hududda saylov uchastkasi tuziladi. Bunda boshqa okruglar hududiga kirib ketmaslik talab etiladi. Ayrim kichkina hududlarda ham 2-3tadan saylov uchastkasini tuzishga to‘g‘ri kelishi mumkin. Bu aholi zichligidan kelib chiqiladi. 

— Xorijdagi vatandoshlarimiz saylovda qanday tartibda ishtirok etadilar?

— Albatta, xorijdagi O‘zbekiston fuqarolari ham parlament saylovida ishtirok etadi. Ular xorijiy mamlakatlardagi saylov uchastkasidan ovoz berishlari uchun ro‘yxatdan o‘tadilar. Har bir elchixona va vakolatxonalarimiz tomonidan tegishli hududdagi fuqarolarimizga saylovga oid ma’lumotlar berib borilyapti. Xorijdagi vatandoshlarimiz faqat proporsional saylov tizimi bo‘yicha siyosiy partiyalarga ovoz beradilar. 

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/UWOMhtZKukg" title="Ikkita hudud uchun bitta saylov uchastkasi tuzilishi mumkinmi?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhtarama Komilova, Abror Sodiqov, Anvar Ahmedov (video), O‘zA