English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ikkita dolzarb mavzudagi onlayn konferensiya
18:34 / 2020-09-30

Davr muammolari boʻyicha islohot va tadbirlarning tashkil etilishi mohiyat eʼtibori bilan ahamiyatga molik.


Davr muammolari boʻyicha islohot va tadbirlarning tashkil etilishi mohiyat eʼtibori bilan ahamiyatga molik. 

Bunday yoʻsindagi tadbirlar sohaga oid muammolarning yechimiga imkon tugʻdiradi. Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti xotin-qizlar kengashining tashabbusi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Toshkent Davlat Yuridik universiteti hamkorligida “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish hamda gender tengligi” mavzusida onlayn konferensiya oʻtkazildi.

Bugun Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining ZOOM platformasida tashkil etilgan konferensiyaga TIQXMMI Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Zuxra Ismailova moderatorlik qildi.

Institutimizning birinchi prorektori Bahodir Mirzayev konferensiya ahamiyati va mohiyatiga daxldor mulohazalarini bildirish asnosida tadbirni ochib berdi.

Soʻngra Oʻzbekiston Respublikasi IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi Bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari xotin-qizlar masalalari boʻyicha boʻlim boshligʻi, polkovnik Umida Abdullayevaga soʻz berildi. 

U “Tazyiq va zoʻravonlikka uchragan jabrlanuvchilarni himoya qilish ishlarining samaradorligini oshirish” hamda “Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga himoya orderini berish tartibi” mavzusida oʻz mulohazalarini bildirdi.

Keyin “Oʻzbekistonda gender tengligi va gender siyosati” mavzusida Toshkent davlat yuridik universitetining ixtisoslashtirilgan filiali Xususiy-huquqiy fanlar kafedrasi mudiri Dilfuza Abdullayeva maʼruza qildi.

Navbatdagi maʼruza mavzusi “Oʻzbekiston milliy qonunchiligida gender tenglik masalalari” deb nomlangan boʻlib bu boʻyicha Demokratiya va inson huquqlari instituti direktori oʻrinbosari, Birlashgan millatlar Tashkiloti gender tengligi boʻyicha xalqaro ekspertizasi mudiri Shoira Umarova onlayn chiqish qildi.

Shu asnoda konferensiya oʻz ishini yakunladi.

R. JUMANIYOZOV
Institut Matbuot xizmati rahbari