Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ikkinchi va undan keyingi ta’lim uchun hujjat topshirish boshlandi
15:29 / 2024-07-10

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, joriy yil 10 iyuldan boshlab ikkinchi va undan keyingi ta’lim uchun hujjat topshirish boshlandi. Talabgorlardan hujjat qabul qilish 10 avgust kuniga qadar onlayn shaklda amalga oshiriladi.

2024/2025-o‘quv yilida ikkinchi va undan keyingi ta’lim (ikkinchi mutaxassislik) uchun talabgorlardan hujjat qabul qilish Yagona ta’lim xizmatlari portali my.edu.uz orqali joriy yilning 10 avgust kuniga qadar onlayn shaklda amalga oshiriladi.  

Bunda nomzodlar platformada o‘zining pasport ma’lumotlari, JSHSHIR ma’lumoti haqida axborotni kiritadi, diplom va ilovasining elektron nusxasini yuklaydi. Shuningdek, o‘qish istagini bildirgan oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini tanlaydi.  

Qayd etish lozimki, ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot bo‘yicha o‘qitish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Kontrakt miqdori OTM kengashi tomonidan belgilanadi.  

Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga qabul qilish tartibi (kirish imtihoni shakli, baholash mezonlari, imtihon o‘tkazish muddatlari) OTM rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.  

Muhayyo Toshqorayeva,  

O‘zA