Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ikkinchi til – ikkinchi qalb, demakdir.
20:45 / 2025-01-09

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida mahalliy ingliz tili o‘qituvchilari xalqaro o‘qitish standarti bilan tanishtirilmoqda.

Ushbu maxsus trening mamlakatimizdagi barcha pedagogika bilim yurtlari va Markaziy Osiyodan taklif etilgan 160 nafar ingliz tili mutaxassisi ishtirokida, Uzluksiz Kaspiy rivojlanish dasturining asosiy tamoyillaridan xabardorlikni oshirish maqsadida tashkil etilgan.

Uch kun davom etadigan o‘quv mashg‘ulotini Buyuk Britaniyadagi Norvich til ta’limi institutining yuqori malakali mutaxassislari olib borishadi.

Britaniya Kengashi qo‘llab-quvvatlayotgan mazkur loyiha Xalqaro taraqqiyot departamenti tomonidan moliyalashtirilgan.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/qH_yoFBJIPo" title="Ikkinchi til – ikkinchi qalb, demakdir" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Musulmon Ziyo, Doniyor Yoqubov (video), O‘zA