Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ikki yilda bir yarim barobar o‘sish
17:01 / 2024-09-20

Raqamlar tilga kirganda

Farg‘ona viloyati aholisi zichligi jihatidan mamlakatda Andijon viloyatidan so‘ng ikkinchi o‘rinda turadi. Aholi nufusi 4 mln.nafarga yetib qoldi. 

Natijada 3-6 yoshdagi bolalar uchun maktabgacha ta’lim muassasalariga ehtiyoj keskin oshdi. Shunda hududlarni rivojlantirish yillik davlat dasturlariga yangi maktabgacha ta’lim muassasalari qurish, xususiy tarmoq ulushini oshirishga katta e’tibor berildi. 2022 yil 1 yanvar holatiga viloyatda 53,4 foiz yoki 165,1 ming 3-6 yoshli bola maktabgacha ta’lim muassasalariga jalb etilgan bo‘lsa, 2024 yil 1 yanvar holatiga bu ko‘rsatkich 76,6 foizgacha yetdi yoki ular soni 254 mingdan oshdi.

Bunday natijalarga davlat rahbarining ta’lim sohasidagi izchil siyosati va amalga oshirayotgan islohotlari tufayli erishilmoqda.

Muhammadjon Obidov, O‘zA muxbiri