Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ikki yil muqaddam sodir etilgan jinoyat fosh etildi
20:42 / 2023-04-25

Shofirkon tumanida bundan ikki yil muqaddam sodir etilgan jinoyat fosh etildi. Bu haqida Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2021 yil 6 iyun kunidan 7 iyun kuniga o‘tar kechasi noma’lum shaxs qasddan jinoyat sodir qilish yo‘liga o‘tib, o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida Shofirkon tumani “Pashmon” mahallasida yashovchi, fuqaro X.F. ismli ayolning uyiga g‘ayriqoniy ravishda kiradi. Natijada u yerdan bahosi 6 million so‘mlik tilla taqinchoqlarni, 4 million so‘m pullarni yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa sodir bo‘lgan joydan yashirinadi.  

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atiladi. Olib borilgan tezkor-texnik va surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni, 2008 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan A.Sh. sodir qilganligi aniqlanadi.  

Hozirgi kunda ushbu voyaga yetmagan shaxsga nisbatan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Zarif Komilov, O‘zA