English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ikki tumanni bog‘lovchi ko‘prik foydalanishga topshirildi
18:29 / 2023-06-08

Jizzax va Samarqand viloyatlarini bog‘laydigan Bulung‘ur tumanidagi “Erganakli” hamda “Avliyo Parpi” mahalla fuqarolari yig‘inida yangi ko‘prik barpo etildi.

Kuni kecha foydalanishga topshirilgan ushbu yangi ko‘prik nafaqat Bulung‘urning “Erganakli” MFY ahli, balki Baxmal tumani “G‘ubur” MFYda yashovchilarning ham xursandchiligiga sabab bo‘ldi. Chunki ikki viloyatni bog‘lagan ushbu ko‘prikni hududda yashovchilar yillar davomida kutib kelgan edi.

Avvalgi ko‘prik o‘tgan asrning 70-yillarida qurilgan bo‘lib, yaroqsiz holatga kelib qolgan edi. Sel-toshqinlar sabab avariya holatiga kelgan ushbu ko‘prik bir necha marotaba ta’mirlanganiga qaramay, tabiat, ichki va tashqi ta’sirlardan so‘ng foydalanish muddatini o‘tab bo‘ldi.

Ushbu temirbeton qorishmali ko‘prik qurilishiga 2 milliard so‘mdan ziyod byudjet mablag‘i sarflandi. Uning uzunligi 36 metrni, eni 9 metrni tashkil etadi. Ikki viloyatning 2 – Bulung‘ur va Baxmal tumanlarini bog‘lovchi ushbu ko‘prikning ochilish marosimida har ikki hudud vakillari ishtirok etdi.

A.QAYUMOV, O‘zA