English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ikki tomonlama hamkorlik
15:09 / 2024-11-02

Buxoro viloyat hokimi Botir Zaripov Bangladesh Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Muhammad Monirul Islomni qabul qildi.

Uchrashuvda ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarni faollashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Bugungi kunda Bangladesh iqtisodiy jihatdan dunyodagi eng tez rivojlanayotgan mamlakatlardan biri hisoblanadi.  

Muloqotda turizm, yengil sanoat, to‘qimachilik va boshqa sohalardagi hamkorlikning mavjud salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ikki mamlakat tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasidagi bevosita aloqalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash muhimligi ta’kidlandi.  

Elchi Bangladesh yirik kompaniyalarining Buxoro viloyati hududida to‘qimachilik klasterlarini tashkil etishda ishtirok etishi, tayyor mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha qator takliflarni ilgari surdi.

Botir Zaripov Bangladeshning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan amaliy va o‘zaro manfaatli hamkorlik o‘rnatish, yangi loyihalarni ishlab chiqish, eng muhimi, investor va ishbilarmonlarga har tomonlama qulay shart-sharoitlar yaratishga tayyorligini bildirdi.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.