Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ikki tomonlama hamkorlik bitimlari imzolandi (+video)
14:34 / 2025-05-26

Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurgan Xitoyning Futszyan provinsiyasi rasmiy delegatsiyasi bilan o‘tkazilgan muzokaralar yakunida bir qator muhim hamkorlik bitimlari imzolandi. Tadbirda viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdimov hamda Futszyan gubernatori Chjao Lun ishtirok etdi.

Jumladan, "AyTiJi Grupp" va "Mili Tex Sirdaryo" kompaniyalari o‘rtasida eksport shartnomasi, "Futszyan Vanda Grupp" hamda Sirdaryo erkin iqtisodiy zonasi o‘rtasida esa investitsiya shartnomasi imzolandi.

Shuningdek, tomonlar hamkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha aniq muddatli va mas’ullar ko‘rsatilgan holda “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishga kelishib oldilar.

Uchrashuv davomida sanoat, oziq-ovqat mahsulotlarini  qayta ishlash, erkin iqtisodiy zonalardan samarali foydalanish, tajriba almashinuvi, madaniyat, turizm va savdo sohalaridagi hamkorlik masalalari muhokama etildi.

[gallery-23580]

Viloyat rahbari investitsion muhit va infratuzilmaviy imkoniyatlar haqida ma’lumot berib, xorijiy sarmoyalar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlarni ta’kidladi.

Gubernator Chjao Lun o‘z navbatida bildirilgan barcha tashabbuslar Xitoy va O‘zbekiston rahbarlari o‘rtasidagi samimiy va ishonchli munosabatlarning amaldagi ifodasi ekanini qayd etib, Futszyan provinsiyasi ularni to‘liq qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini bildirdi.

Ma’lumot o‘rnida shuni aytish mumkinki, Futszyan  Xitoyning eng rivojlangan provinsiyalaridan biri bo‘lib, 42 milliondan ziyod aholiga ega. Elektronika, yuqori texnologiyalar, to‘qimachilik, kimyo, logistika va oziq-ovqat sanoati uning asosiy iqtisodiy tarmoqlaridir.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/mtR1d_wXGZk" title="Ikki tomonlama hamkorlik bitimlari imzolandi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

G‘ulom Primov, Shahriyor Ortiqboyev (surat), O‘zA muxbirlari