English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ikki tennischimiz chorak finalda
10:27 / 2024-06-13

Qirg‘izistonda o‘smirlar o‘rtasida tennis bo‘yicha "J60" tasnifiga kiruvchi "ISSYK-KUL SUNSHINE – 2024" xalqaro turniri davom etmoqda.

Xalqaro turnirning yakkalik bahslari ikkinchi davrasida Abdulaziz Usmonjonov neytral tennischi Daniil Ovcharenkoni 6:2, 6:1 hisobida taslim qildi. Endi tennischimiz chorak finalda Abdulhodi Hosilov va ruminiyalik Dev Kanbargimat o‘rtasidagi bahs g‘olibi bilan kuch sinashadi.  

Shuningdek, 1/8 final bosqichida Ilyos Abrorov qozog‘istonlik Mansur Sainovni 4:6,6:4,5:0 hisobida taslim qildi va yarim final ostonasida hindistonlik Sehaj Singh Pavar bilan raqobatlashadigan bo‘ldi.    

 

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA