Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ikki tennischimiz AQSH kortlarida to‘qnash keladi
12:03 / 2026-03-02

Indian-Uels shahrida (AQSH) ayollar o‘rtasida WTA 1000 toifasiga kiruvchi "Indian Wells Open" xalqaro turnirining asosiy to‘r bahslariga yo‘llanma beruvchi saralash uchrashuvlari boshlandi.

Quvonarlisi, mazkur musobaqaning yakkalik bahslarida mamlakatimiz sharafini Kamilla Rahimova va Mariya Timofeyeva himoya qilmoqda. Saralash bosqichining ilk davrasida Kamilla argentinalik Mariya Lurdes Karle ustidan 6:2, 6:2 hisobida g‘alaba qozongan bo‘lsa, Mariya niderlandiyalik Syuzan Lamensni xuddi shu hisobda mag‘lub etdi.

Shu tariqa saralashning keyingi bosqichiga yo‘l olgan Kamilla va Mariya qur’a natijasiga ko‘ra o‘zaro bahs olib boradi. Ushbu uchrashuv g‘olibi turnirning asosiy to‘r birinchi davrasiga yo‘l oladi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA