Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ikki samolyot to‘qnashib ketdi
14:53 / 2018-03-28

Tel-Aviv xalqaro aeroporti yo‘laklarida harakatlanayotgan ikki samolyot bir-biri bilan to‘qnashib ketgan

Tel-Aviv xalqaro aeroporti yo‘laklarida harakatlanayotgan ikki samolyot bir-biri bilan to‘qnashib ketgani haqida yozadi RIA Novosti “Galey-SAXAL” radiostansiyasi (Isroil) tarqatgan xabarga tayanib.

Ma’lum bo‘lishicha, shatakka olish vaqtida “Germania” kompaniyasiga tegishli havo layneri uchishga tayyorlanayotgan yo‘lovchi samolyot “El Al” ga urilib ketgan.

Favqulodda hodisada qurbonlar va jarohatlanganlar yo‘q. Reyslar bekor qilingan. Har ikki samolyot yo‘lovchilari bortdan chiqarilgan.

Mahalliy ommaviy axborot vositalari havola etgan videolavhalarga ko‘ra to‘qnashib ketgan samolyotlarning faqat dum qismi shikastlangan, xolos.