Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ikki qilichbozimiz Osiyo chempionati shohsupasiga ko‘tarildi
10:54 / 2026-02-26

Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida qilichbozlikning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazilayotgan o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida qilichbozlarimiz shohsupaga ko‘tarildi.

Chempionatning yoshlar o‘rtasidagi sablya yo‘nalishi bo‘yicha yakkalik bahslarida Alpamis O‘rakbayev kumush medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Artur Begjanov bronza medali bilan taqdirlandi.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha musobaqaning yoshlar o‘rtasidagi sablya bo‘yicha yakkalik bellashuvlarida Ayako‘z Jumamuratova hamda Fernanda Errera bronza medallarini qo‘lga kiritgan edi. Osiyo chempionati davom etmoqda.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA