Ikki polvonimiz jahon chempionatida sovrindor bo‘ldi
Serbiyaning Novi-Sad shahrida sport kurashlari bo‘yicha U23 yosh toifasida o‘tayotgan dunyo birinchiligida 44 ta mamlakatdan 255 nafar polvonlar raqobatlashmoqda.
Chempionatning yunon-rum kurashi bo‘yicha o‘tkazilgan bellashuvlarida vazni 72 kilogrammgacha bo‘lgan hamyurtimiz Abror Otaboyev kumush medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, -55 kg. vaznda Hojiakbar Qo‘chqorov shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy oldi. Shuningdek, -60 kg. vazn toifasida Mehroj Bahromov bronza medal uchun raqobatlashadigan bo‘ldi.

Dunyo birinchiligida ayollar kurashi bo‘yicha bahslarga start berildi. Unda quyidagi sportchilarimiz ishtirok etmoqda:
50 kg: Mushtariy Tolipbekova
53 kg: Dilshoda Matnazarova
57 kg: Ulmeken Esenbayeva
59 kg: Layloxon Sobirova
62 kg: Nigina Sobirova
65 kg: Muhayyo Narzilloyeva
72 kg: Sevinchoy Polvonova.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA