Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ikki polvonimiz jahon chempionatida sovrindor bo‘ldi
10:49 / 2025-09-21

Xorvatiyaning Zagreb shahrida sport kurashlari bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatining yunon-rum kurashi bo‘yicha bahslari davom etmoqda.

Quvonarlisi, O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Alisher G‘aniyev -60 kg. vazn toifasida finalga qadar davom etgan bellashuvlarda Armaniston, Ozarbayjon va Serbiya terma jamoaci a’zolarini mag‘lubiyatga uchratib, kumush medaliga ega chiqdi. Shuningdek, Abdullo Aliyev -72 kg. vaznda koreyalik Yengxun Nohdanni taslim etib, bronza medalini qo‘lga kiritdi.

ugun, 21 sentyabr kuni dunyo birinchiligining -63 kg. vaznida hamyurtimiz Aytjan Xalmaxanov oltin medal uchun o‘tadigan bellashuvda Janubiy Koreya vakili Xanjay Chung bilan raqobatlashadi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA