Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ikki o‘zbekistonlik hakam “JCH–2026” saralash uchrashuvlarini boshqaradi
10:25 / 2025-05-30

Joriy yilning 5 iyun kuni futbol bo‘yicha Osiyo qit’asi doirasida "Jahon chempionati–2026"ning 3-saralash bosqichi doirasidagi 9-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. Mazkur bellashuvlarda nafaqat O‘zbekiston milliy terma jamoasi, balki yurtimizning tajribali hakamlari ham ishtirok etadi.

Aniqroq aytganda, ushbu tur doirasidagi ikki muhim uchrashuvni o‘zbekistonlik hakamlar bevosita boshqarib boradilar.

Jumladan, “S” guruhidan o‘rin olgan Indoneziya — Xitoy terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni Rustam Lutfullin bosh hakam sifatida boshqaradi. Unga qanot hakamlari sifatida Sanjar Shoyusupov va Alisher Usmonov yordam beradi. To‘rtinchi hakam vazifasini Asker Najafaliyev bajaradi. VAR va AVAR tizimlarida esa Firdavs Norsafarov hamda Abdurashid Xudoyberganov faoliyat yuritadi.

Shuningdek, shu guruh doirasidagi Bahrayn — Saudiya Arabistoni uchrashuvida Ilgiz Tantashev bosh hakam sifatida ish olib boradi. Qanot hakamlari — Andrey Sapenko va Temur Gaynullin, to‘rtinchi hakam esa Akobirxo‘ja Shukrullayev etib tayinlangan. VAR va AVAR vazifalari Ahrol Risqullayev hamda Baxtiyorxo‘ja Shavkatov zimmasiga yuklatilgan.

Eslatib o‘tamiz, shu kuni “A” guruhidan o‘rin olgan BAA — O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv soat 21:00da start oladi.

Ayni vaqtda Timur Kapadze boshchiligidagi milliy terma jamoamiz ushbu bellashuvga jiddiy tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Birlashgan Arab Amirliklarida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazmoqda.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA