Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ikki nafar yunon-rum kurashchimiz "Parij-2024" yo‘llanmasiga yaqin
09:23 / 2023-09-22

Serbiyaning Belgrad shahrida davom etayotgan sport kurashlari bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatida ayollar kurashi va erkin kurash bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, ayni kunlarda yunon-rum kurashi vakillari bahslarni davom ettirmoqda.

Kechagi bellashuvlarda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolaridan Jasurbek Ortiqboyev 55 kilogrammda hamda Aram Vardanyan 77 kilogrammda saralash bahslarini muvaffaqiyatli o‘tkazib, bronza medali va "Parij-2024" Olimpiadasi yo‘llanmasi yo‘lida harakatlanish imkoniyatini saqlab qoldi. 

Bugun, 22 sentyabr kuni har ikki kurashchimiz sovrinli o‘rinlar uchun bellashuvlarni davom ettiradi. Muhammad Ortiqboyev Yasin Dridi (Jazoir)/Artyom Delenau (Moldova) bahsi g‘olibi bilan ro‘baro‘ kelsa, Aram Vardanyan Per-Anders Kure (Norvegiya)/Muhammad Zahab Halil (Misr) bahsi g‘olibiga qarshi gilamga chiqadi. 

Kun davomida shuningdek, terma jamoamiz a’zolaridan Islomjon Bahromov, Jamol Jumaboyev, Rustam Assakalov jahon chempionatidagi ilk bellashuvlarini o‘tkazadi. 

Chempionat 26 sentyabrga qadar davom etadi. 

T.Ro‘ziyev, O‘zA