Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ikki nafar sudyaning vakolati muddatidan ilgari tugatildi
11:16 / 2022-05-08

Sudyalar oliy kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Kengash vakolatiga oid qator masalalar muhokama etildi.

Muhokamalar yakunida ayrim sudyalarni vakolati muddati davriga qayta tayinlash, vakolat muddati nihoyasiga yetganlarni mazkur lavozimda bo‘lishining navbatdagi muddatiga tayinlashga doir masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.  

Shuningdek, yig‘ilishda ikki nafar sudyaning vakolati muddatidan ilgari tugatildi.

Kengash matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Sudyalar oliy kengashi qarori bilan yozma arizalariga binoan Farg‘ona viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Quva tuman sudining sudyasi Qudratbek Abdullayev va Samarqand viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining raisi To‘lqin Usmonov lavozimidan ozod etilib, vakolatlari muddatidan ilgari tugatildi.

O‘zA