Ikki nafar stol tennischimiz Qozogʻistonda tengsiz boʻldi
Qozogʻistonning Chimkent shahrida stol tennisi boʻyicha kattalar va yoshlar oʻrtasida oʻtkazilgan xalqaro turnirda Rozalina Xoʻjayeva hamda Soʻgʻdiyona Madaliyeva mamlakatimiz sharafini munosib himoya qildi.

Unda dunyoning 7 mamlakatidan kelgan yuzga yaqin stol tennischilar yakkalik va juftlik bahslarida oʻzaro raqobatlashdi.
Musobaqaning kattalar oʻrtasidagi bahslarida Rozalina Xoʻjayeva barcha raqiblarini magʻlubiyatga uchratib oltin medalni qoʻlga kiritdi. Yoshlar oʻrtasida esa Soʻgʻdiyona Madaliyeva ham shohsupaning eng yuqori pogʻonasidan joy oldi.
Eslatib oʻtamiz, yaqinda Oʻzbekiston stol tennisi federatsiyasi raisi Saida Mahmudova hamda mutassaddi rahbarlar tomonidan Andijon viloyatida sportchi va murabbiylar uchun oʻquv seminar tashkil etilgandi. Qozogʻistondagi yutuqlarimiz esa bu kabi seminarlar oʻz mahsulini bera boshlaganidan nishonadir.