Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ikki nafar shaxmatchimiz xalqaro unvonga ega bo‘ldi
17:51 / 2023-08-18

Mamlakatimizning yosh shaxmatchilari orasida xalqaro darajada e’tirof etilayotgan iste’dodlar safi yildan yilga kengayib bormoqda.

Kuni kecha Abdumalik Abdusalimovga Xalqaro shaxmat federatsiyasi tomonidan xalqaro grossmeyster darajasi berilgan bo‘lsa, Umida Omonova ayollar o‘rtasida International Master, ya’ni xalqaro usta unvoniga munosib ko‘rildi deyiladi O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi xabarida.  

Aytish lozim, Umida Omonova bir necha yillardan beri xalqaro musobaqalarda munosib natijalarga erishib kelayotgan iste’dodli ayol shaxmatchilarimizdan biri sanaladi. Abdumalikning esa faoliyati davomida erishgan natijalari munosib e’tirof etilgan. Jumladan, 2015 yili FIDE ustasi, xalqaro toifadagi sport ustasi darajasini olishga  erishgan bo‘lsa, 2018 yili “Mard o‘g‘lon” davlat mukofotiga sazovar bo‘ldi.  

T. Ro‘ziyev, O‘zA