Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ikki nafar qizni xorijga fohishalikka yubormoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
14:23 / 2022-01-10

2022 yil 7 yanvar kuni S. ismli fuqaro Samarqand viloyat IIB boshlig‘i nomiga ariza yozib, Samarqand shahrida yashovchi N.A. ism-familiyali shaxs ikki nafar qizni Turkiya davlatiga fohishalikka yuborishini aytib, ulardan 3500 AQSH dollari miqdorida pul so‘raganini ma’lum qildi va N.A.ga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining ma’lum qilishicha, mazkur ariza yuzasidan 8 yanvar kuni viloyat IIB terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash boshqarmasi xodimlari tomonidan Toyloq tumani hududida tezkor tadbir o‘tkazilib, Samarqand shahar Shota Rustaveli ko‘chasida yashovchi N.A. fuqarolar M. va Sh. ni Turkiya davlatiga foxishalikka yuborish uchun kelishilgan 3500 AQSH dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtda, ashyoviy dalillar bilan ushlanib, hujjatlashtirilgan.  


Mazkur holat yuzasidan Toyloq tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.  

 

G‘.HASANOV, O‘zA